BAA bosh vaziri o'rinbosari, prezident ishlari bo'yicha vazir SHayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonga Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanida diplomatik vakolatxona qurish uchun er ajratiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining er ajratish bo'yicha maxsus farmoyishi loyihasi muhokamaga qo'yildi.
Qo'ng'irot tumanidagi Ustirt plotasi «Elabad» ovul fuqarolar yig'ini hududidagi zaxira er maydonlaridan umumiy maydoni 200 gektar yaylov erlar Oliy martabali SHeyx Mansur Ben Zaid Al` Naxayanning O'zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga 10 yil muddatga vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida ajratib berilsin, deyilgan hujjatda.
Oliy martabali SHeyx Mansur Ben Zaid Al` Naxayanning O'zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lagerini qurish uchun ajratilayotgan er maydonlaridan oqilona va belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilmaganda, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin ob'ektlarning paydo bo'lishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda ajratilgan er uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi ham ko'rsatib o'tilgan.