Shayxontohur tumani hokimligi binosi savdoga qoʻyildi

    Urbanizatsiya 30 Aprel 2025 1067

    Maʼlumotlarga koʻra, tuman hokimligi binosi oʻrnida zamonaviy mehmonxona quriladi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosini “E-auksion” elektron platformasiga joylashtirildi.

    Tuman hokimligi binosi "Oʻrda" mahallasi A. Qodiriy koʻchasida joylashgan boʻlib, umumiy maydoni 7382 kvadrat metrni tashkil etadi.

    Shuningdek, hokimlik xodimlari 1-iyulga qadar binoni tark etadi. Ushbu sanadan boshlab xaridor obyektdan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Xaridor uning oʻrnida zamonaviy mehmonxona qurishni zimmasiga oladi.

    Boshlangʻich bahosi — 101 mlrd soʻm, zakalat miqdori — 3 mlrd soʻm. Arizalar 26-may 09:00 gacha qabul qilinadi, auksion shu kuni soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.