Shayxontohur tumanida “Captiva” yonib ketdi

    Tashvishli xabar 1 Fevral 2023 879

    Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun, 2023-yil 1-fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY koʻchasida, 5-uy oldida toʻxtab turgan, fuqaro A.B.ga tegishli “Captiva” rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

    Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

    Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

    Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga eʼtiborli boʻlishlari soʻraldi.