Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda YATT I.M. “A.” MCHJ shaklidagi sugʻurta kompaniyasi bilan agentlik bitimini tuzib, qatʼiy hisobda turuvchi jami 1 712 dona sugʻurta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan 145,3 mln soʻmni MCHJ hisob raqamiga oʻtkazmasdan oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.