U 1980-yil baliqchilik qishlogʻida tashkil etilgan. Shenchjen bugungi kunda Xitoy iqtisodini liberallashtirishda islohotlar va oshkoralik siyosatini joriy etish flagmaniga aylandi. Maxsus iqtisodiy hudud faoliyati Shenchjenni XXRning tez suratda va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan shaharlaridan biriga aylantirdi. Shaharning YAIM hajmi soʻngi 40 yil ichida 28,5 million dollardan 376 milliard dollargacha oshdi. Bu Singapurning koʻrsatkichiga teng, deb xabar beradi Xitoyning Oʻzbekistondagi Elchixonasi matbuot xizmati.

Aynan mana shu yerda Xitoyning Huawei, ZTE va Tencent kabi mashhur kompaniyalari paydo boʻlgan. Bugun Shenchjen rivojlanish salohiyati boʻyicha Xitoyda birinchi oʻrinda turadi. Ushbu megapolis shuningdek, har yili taqdim qilinadigan patentlar talabnomalar, osmonoʻpar binolar va 5G beshinchi avlod aloqa stansiyalarining soni boʻyicha, milliy chempion hamdir.