Lavhada keltirilgan mashina raqamlariga asosan mazkur holat Qoʻqon shahridagi “Achchiqkoʻl” MFYning Gulshan koʻchasida tasvirga olingani aniqlandi. Qoʻqon shahar ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari Qoʻqon shahar IIB xodimi va “Achchiqkoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini raisi I.Nazarovlar bilan mahallaning Gulshan koʻchasi, 16-uyga borishib, xonadon egasi A.Ibragimova ishtirokida oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida fuqaro A.Ibragimovning yashash xonadonida 10 metr kvadrat maydonda sher hayvonini boqish uchun belgilangan tartibda yashash qafaslari mavjudligi, qafasning balandligi 2.5-3.5 metr boʻlib, ichlari talab darajasida jihozlangani, sherning yashash joyi kanalizatsiya tarmogʻiga ulanganligi, shuningdek atrof-muhitga taʼsiri yoʻqligi, insonlar hayotiga xavf solish holati mavjud emasligi aniqlandi.
Xonadonga kelib hayvonlarni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar taqdim etishi soʻralganda, uy egasi A.Ibragimov videolavhada sherni ushlab turgan farzandi ekanligini va hozirda Toshkent shahridaligini, 3 kun muddat ichida soʻralgan hujjatlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etishini bildirdi.