Sherobod tumanidagi kaliy konlari Xitoy bilan hamorlikda oʻzlashtirilishi mumkin

    Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Xitoyning “Jinchuan group chemical Co., Ltd” kompaniyasi mineral xom ashyo resurslari boshqarmasi boshligʻi Van Yunsay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

    Uchrashuvda Sherobod tumanidagi kaliy konlarini oʻzlashtirish va tayyor mineral oʻgʻitlar hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasi muhokama qilindi.

    Tomonlar ushbu istiqbolli loyihani amalga oshirishdan hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirib, tashabbusni birgalikda yoʻlga qoʻyishga kelishildi, —deb yozadi hokimlik matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun, Xitoy kompaniyalari delegatsiyalarini Surxondaryoga tashrifi joriy yil avgust oyida viloyat hokimining Xitoyga safarida erishilgan kelishuvlarga asosan amalga oshirilmoqda.