Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasini batafsil muhokama qilindi. Bu qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirildi.
"Ommaviy axborot vositalarimizga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, jumladan, kontent almashish, press-turlar uyushtirish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda ilgari surishda ularga har tomonlama ko‘maklashishga kelishib oldik," — deydi Sherzod Asadov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.