Mazkur tadbirda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.
"Tadbirda qatnashib, fidokorona mehnati, professional mahorati va serqirra ijodi bilan yurtimizda televideniye va radio sohasining rivojiga xizmat qilgan qadrli ustozlarimiz va faxriylarimizga, nafaqat teleyekranlarda, balki kadr ortida xizmat qiladigan hamkasblarimizga ham prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.
Televideniye va radio dargʻalarini ardoqlash, hayot yoʻllarini yoshlarga ibrat qilib koʻrsatish, ustoz-shogird anʼanalarini, avlodlar oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlashda bunday uchrashuvlarning ahamiyati beqiyos.
Ushbu ezgu tashabbus uchun Abdurashid Joʻraboyev boshchiligidagi Milliy teleradiokompaniyaning katta jamoasiga minnatdorlik bildiraman", — deb yozdi Sherzod Asadov Telegramdagi kanalida.









