O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 iyundagi farmoyishi bilan «Suffa» Xalqaro radioobservatoriyasining yuqori organi – Muxtor vakillar qo'mitasiga O'zbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi o'rinbosari SH.Hidoyatov – O'zbekiston Respublikasining vakolatli vakili o'rinbosari etib tayinlandi.
Mazkur farmoyish O'zbekiston Respublikasi hukumati hamda Rossiya federatsiyasi hukumati o'rtasida 1995 yil 27 iyulda imzolangan «Suffa» yassi tog'ida Xalqaro ridioastronomik observatoriyasini barpo etish to'g'risida”gi bitim talablari ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.