Unda elektron hukumat va telekommunikatsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlik va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv davomida elektron hukumat yoʻnalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va ushbu yoʻnalishda mamlakatning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yanada yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yurtimizda IT-taʼlim sohasini hamkorlikda rivojlantirish, AKT yoʻnalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida Koreyada faoliyat yuritadigan BPO kompaniyalarini Oʻzbekistonga olib kelish va ularni IT Park rezidentiga aylantirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi. Oʻzbekiston IT xab sifatida koreyalik kompaniyalarda ham qiziqish uygʻotayotgani va buning uchun ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani eʼtirof etildi.
Bugungi kunga qadar Koreya IT korxonalarini IT Parkga rezident boʻlishlari uchun Oʻzbekistonda IT rezidentlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun prezentatsiyalar oʻtkazilib, hozirgi kunda mazkur olib borilgan ishlarning samarasi sifatida Korea Claud korxonasi IT Parkning rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, yaqin kelajakda Koreyaning boshqa IT kompaniyalarini ham IT Parkning rezidentiga aylanishlari uchun salmoqli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda 2022-yilda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.
Ushbu ishlarning davomi sifatida 2023-yilda ham mamlakatimizning 5 ta hududida yaratilgan IT-markazlar negizida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik imkoniyatlarni kengaytirish” boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.