Yigʻilishda maktabdagi oʻquvchilar davomati hamda taʼlim sifati muhokama qilindi.

Ushbu maktabda 487 nafar oʻquvchi taʼlim oladi. 2020-yilda 30 nafar oʻquvchi maktabni tamomlagan. Ulardan hech biri oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan. Bunda maktab oʻqituvchilari oʻz vazifasiga musʼuliyatsizlik bilan yondashgan.

“Pedagog va murabbiylar obroʻsini oshirishga xarakat qilyabmiz lekin bunga munosib javob boʻlishi kerak” — deydi vazir.

Shuningdek, yigʻilishda maktab oʻqituvchilarining kunlik faoliyati tahlil qilindi.