Ushbu topshiriqlarga asosan Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh ana shunday maktablar holatini oʻrganish, ularni kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish hamda faoliyatiga jiddiy eʼtibor berish maqsadida viloyatning Mirishkor tumanidagi bir qator maktablarda boʻldi.

O'rganish jarayonida maktablarda o'quvchilarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari xususida soha vakillari bilan fikr almashildi.

Shuningdek maktablarning nafaqat moddiy-texnik bazasiga, balki ta'lim sifatiga, o'quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga kirish masalasiga ham jiddiy e'tibor qaratish lozimligi bo'yicha mas'ullariga ko'rsatma berildi.

Ishchi tashrif viloyatning Dehqonobod tumanida davom etmoqda...