SHHT faoliyatini yoritish boʻyicha boʻlajak vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida

    Voqea-hodisalar 6 Aprel 2022 1138

    2022-yil 7-aprelda Oʻzbekiston tomoni raisligida “Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini yoritish jarayonida aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari axborot xizmatlarining oʻzaro hamkorligi” mavzusidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadi.

    Tadbirda Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosat idoralari axborot xizmatlari hamda SHHT Kotibiyati rahbarlari va vakillari ishtirok etishi kutiladi.

    Maslahatlashuvlar kun tartibiga Oʻzbekiston raisligida oʻtkaziladigan tadbirlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari oʻrin olgan. Bundan tashqari, SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari matbuot xizmatlarining Tashkilot faoliyatini yoritishda oʻzaro hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.