Taqdimotda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar milliy koordinatorlari ishtirok etdi.
— Ushbu muhim voqea munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan “O'zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan sammitga bag'ishlangan maxsus pochta markasi (pochta bloki ko'rinishida) tayyorlandi. Joriy yilning sentyabr oyidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi. — deydi O'zbekiston markasi filiali direktori Sanjar Nizamov.
Pochta markasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlarining bayroqlari, sammit logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi tasvirlangan. Markaning orqa fonida esa Registon maydoni joylashgan.