Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri yordamchisi (vazir o'rinbosari darajasidagi) Lyu Bin matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Xitoy raisi Si Szinpin Xayxe daryosi bo'yida 20 dan ortiq xorijiy davlat va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, ShHTning muvaffaqiyatli tajribasini sarhisob qiladi, uni rivojlantirish va qayta qurishga ko'maklashadi, hamkorlik va birgalikda ish olib borish uchun uning ishtirokchilarini birlashtiradi”, dedi diplomat.
Uning ta'kidlashicha, sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Mongoliya Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja Bosh vaziri Xun Manet, Maldiv Prezidenti Muhammad Muizzu, Nepal bosh vaziri Sharma Oli, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an, Misr Bosh vaziri Mustafo Madbuli, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim va Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Chin kelishadi.
Tadbirga xalqaro tashkilotlar va ko'p tomonlama tuzilmalar rahbarlari, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish taklif etilgan, deb xabar berdi tass.ru.








