U oʻz vaqtida davolatilmagan kariyes natijasida yuzaga keladigan asoratlar bakterial endokardit — orttirilgan yurak xastaligi va yumshoq toʻqimalarning yiringli yalligʻlanishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.
Mutaxassis tishlarni kuniga kamida ikki marta yuvish, shaxsiy gigiyenaga 15 daqiqa vaqt ajratish, tish choʻtkalarini kamida uch oyda bir marta almashtirish, shuningdek, ularni qattiqligiga qarab toʻgʻri tanlashni maslahat berdi.
Shifokor tish kukunlaridan foydalanishda ehtiyot boʻlishga chaqirdi.