Shifokorlar ayollar uchun samarali konsultatsiya oʻtkazishni oʻrganyapti

    Salomatlik 7 Sentabr 2023 1563

    45 yoshdan oshgan ayollarni qanday samarali koʻrikdan oʻtkazish va davolash mumkin, va buning uchun qaysi shifokorlar bilan birgalikda harakat olib borish kerak?

    Ushbu savollarga Respublika Akusherlik va ginekologiya markazi tomonidan tashkil etilgan seminarlar javob izlandi.

    Dastlabki shunday oʻquv 6-sentyabrda poytaxtimizning Mirzo -Ulugʻbek tumani poliklinikalarining 30 nafar shifokori uchun tashki etilgan edi. Bir kunlik seminar shakli Toshkent aholisi uchun xizmatlari zarur sanalgan shifokorlarning ish ritmi buzilmasligi inobatga olingan holda maxsus tanlangan. Shu bilan birga, koʻp sonli tibbiyot xodimlarini yangi bilimlar bilan qamrab olish koʻzda tutilgan.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM) shifokorlar bilimini doimo oshirib boruvchi loyihalarni koʻplab amalga oshirib boryapti.

    “Ayol salomatligi 45+” loyihasi jarayonida shifokorlar organizmida ushbu davrda oʻzgarish roʻy berayotgan bemor ayollarning yangi savollar, va hatto muammolar bilan murojaat qilgan paytida ularga tibbiy maslahatlar berish boʻyicha zamonaviy bilim oladi. Ayolning salomatligida menopauza oʻz korrektivasini namoyon etadi. Va bunday holatda bemorga nafaqat toʻgʻri maslahat berish kerak, shuningdek uni oʻz vaqtida kerakli tor yoʻnalishdagi mutaxassislarga yoʻnaltira olish ham kerak. Bu masalalar ham seminar davomida oʻrganiladi.

    RIAGIATMning “Ayol salomatligi 45+” loyihasi seminarlari Toshkent shahrining har bir tumanida tashkil etiladi. Va bunday seminarlarga shifokor -terapevtlar, endokrinologlar, kardiologlar jalb etiladi. Ular yurak-qon tomiridagi xavflarni, menopauza sindromining oʻziga xos xususiyatlarini, va ular bilan bogʻliq muammolarni hal etishni, murojaat qiladigan ayollarga maslahat berishga zamonaviy yondashuvlarini oʻrganib chiqadi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.