Shifokorlar koronavirusning uchta yangi alomatini aniqladi

    Shifokorlar koronavirus yangi alomatlar bilan o'zini namoyon qila boshlaganini aniqladi. Mazkur kasallikka chalingan bemorlarda eshitish qobiliyatining yo'qolishi, quloqda shovqin yoki bosh aylanishi kuzatilgan.

    Mutaxassislar koronavirus bilan kasallangan 2,6 million britaniyaliklarda qayd etilgan alomatlar haqida olib borilgan so'roviga asoslanib ana shunday xulosaga kelindi.

    “Angliyada hozir 60 kishidan 1 nafari kasal. Ko'pchilik biladiki, endi tomoq og'rig'iga va haroratga e'tibor berish kerak. Ammo hidni yo'qotish hozir juda kam uchraydi. Endi virusning alomatlaridan biri quloq infektsiyasi, – deya ta'kidladi ekspertlar.

    Shu bilan birga, mutaxassislarning ta'kidlashicha, agar odamlarda tomoq og'risa va aksirish bo'lsa, bu ularda koronavirus emas, balki shamollash borliginidan dalolat berishi mumkin, deya xabar beradi korrespondent.net.