Yo'lbars Dmitrievka qishlog'i yaqinida ushlangan. U aholi gavjum hududdagi itlarga hujum qilib, beshtasini o'ldirgan. Hodisa kechalari itlarni qamab qo'yish ko'rsatmasiga amal qilmagan egalarining aybi bilan sodir bo'lgan.

Yirtqich Yo'lbarslarni reabilitatsiya qilish markaziga olib ketilgan. U 150-170 kilogram vaznga ega erkak yo'lbars ekanini aniqlandi. Uning ikkala old oyog'ida ham muammo borligi aniqlangan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bunday jarohatlar bilan yo'lbars endi tabiatga qaytolmaydi. U tuyoqli hayvonlarni ovlash imkoniyatini yo'qotdi, shuning uchun u qishloqqa serqatnov bo'lib qolgan.

Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, yo'lbarsning ahvoli tobora yomonlashib bormoqda. Ikki hafta oldin u oqsoqlanib bo'lsa-da, faol harakatlana oldi. Ayni paytda harakatlanishda qiynalmoqda.

Uning panjalari bilan bog'liq muammoning sabablari hali aniqlanmagan. Ehtimol, harakatlanishning cheklangani kasallikning oqibati bo'lishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.