Agar kuchli qon ketish jarayoni ichki a'zolarda yuzaga kelsa, vaziyat yanada og'irlashishi turgan gap. Bunday paytda bemorning markaziy qon tomiriga igna va kateter kiritish talab etiladi.
Ammo ushbu amaliyot juda murakkab hisoblangani bois, odatda jarohat egasi shifoxonaga etkazilganidan so'ng bajariladi.
Amerikalik olimlar ana shunday tig'iz va qaltis holatlarda shifokorlarga yaqindan yordam beradigan dastyor robotni yaratishdi.
“AI-GUIDE” deb nomlangan ushbu portativ qurilma sun'iy intellekt yordamida boshqariladi. U ul`tratovush qurilmalari bilan birlashtirilishi mumkin bo'lgan maxsus algoritmlar va integratsiyalangan robototexnikadan tashkil topgan.
Innovatsion uskuna kateterni son arteriyasiga sanoqli soniyalar ichida va hech qanday qiyinchiliksiz joylashtirish imkonini beradi.
Buning uchun avval u bemor tanasiga qo'yiladi. Displey moslamani kerakli joyga yo'naltiradi va so'ngra foydalanuvchi maxsus tugmani bosadi. Shundan keyin igna bemor tanasining zarur nuqtasiga kiritiladi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mazkur dastyor robot favqulodda holatlarda kuchli ichki qon ketishi kuzatilgan ko'plab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini berishi mumkin.