Shifokorning soʻzi ham davo boʻlsin

    Toshkent tibbiyot akademiyasida “Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.

    Dastlab soha olimlari mavzu doirasida ochiq muloqotga kirishib, zamonaviy tibbiyot kadrlarini tayyorlashda oʻquv motivatsiyasi hamda ijtimoiy psixologiyaning asosiy instrumentlaridan biri boʻlgan muloqot texnikasi toʻgʻrisidagi qarashlari bilan oʻrtoqlashdi.

    Mavzu yuzasidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Vasila Karimovaning “Ijtimoiy psixologik bilimlarning tibbiyotda tutgan oʻrni” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Ijtimoiy psixologiya yordamida shunday shifokorlarlarni tayyorlash kerakki, ular bemor bilan muloqotga kirishganda bagʻrikenglik va insonga koʻmak tushunchalari texnikasini mohirona qoʻllab, odamlar dardini yengillata olsin, dedi maʼruzachi.

    Xalqaro konferensiya shunday qiziqarli va dolzarb fikr-mulohazalar jarayonida davom etmoqda, deyiladi Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot xizmati xabarida.