Xizmatdan foydalanish uchun:
my.gov.uz portaliga kiring.
"Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash" xizmatini tanlang.
Arizani to‘ldiring va unga shikastlangan davlat raqamining fotosuratini ilova qiling.
Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgach, sizga to‘lov uchun invoys yuboriladi.
To‘lov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borasiz va eski raqamni topshirib, yangisini qabul qilib olasiz.
To‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asoslangan:
1 juft (oldi va orqa) raqam uchun: 1 980 000 so‘m (4,5 BHM).
1 dona raqam uchun: 990 000 so‘m (2,25 BHM).
Bu muhim!
Ariza yuborishda raqamning holati aks etgan rasm aniq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu jarayonni tezlashtiradi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi.
Vaqtingizni tejang va raqamlarni masofadan turib yangilang!