Portalda ta'kidlanganidek, “Detroyt Red Wings”dagi afsonaviy kanadalik xokkeychi nomi bilan atalgan ko'prik qurib bitkazilgach, dunyodagi eng uzun ko‘priklar ro‘yxatida 10-o'rindan joy oladi. Bundan tashqari, u dunyodagi eng uzun temir-beton kompozit qoplamaga ega bo'ladi.
Nomidan tashqari, uning shakli ham xokkeyni eslatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra dizaynerlar uni shunday qilib loyihalashtirganki, ko'prik shaybani qisib qo'ygan xokkey tayoqchasiga o'xshaydi.
Ko‘prik qurilishi deyarli yakunlandi, biroq ishchilar hali ham kabellarni to‘g‘ri tortish, yo‘l qoplamalarini yotqizish, to‘siqlar o‘rnatish, velosiped va piyodalar yo‘llarini belgilash, elektr simlarini o‘rnatish ustida ish olib bormoqda.
Ko‘prik 2025-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.