Bugun shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Kunduzi havo harorati +24...+27 darajani, shimolda +12...+17 darajani tashkil etadi.
Ertaga respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, shamol baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.
Chorshanba va payshanba kunlari faqat respublikaning janubiy va sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Oʻzbekiston boʻyicha eng jadal yomgʻirlar 25-oktyabr kuni prognoz qilinmoqda.
Havo harorati 23-oktyabrda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 24-oktyabrda kechasi 5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja, 25-oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +14...+19 daraja boʻladi.
22-oktyabrdan 25-oktyabrgacha respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, +23...+25-oktyabrda ayrim hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi.
Poytaxtimizda: bugun quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi, harorat kunduzi +25...+27 daraja boʻladi.
Ertaga kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +17...+19 daraja boʻladi. 23-24-oktyabrda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-oktyabrda kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +13...+15 daraja, 24-oktyabrda kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +15...+17 daraja boʻladi.