Shimoliy Koreya bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi

    Shimoliy Koreya shimoli-sharqiy yo'nalish bo'ylab bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi.

    Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.

    Unga ko'ra, raketalar mahalliy vaqt bilan taxminan 06:50 da Pxyonan-Namdo viloyatining Kaechxon shahri hududidan shimoli-sharqiy yo'nalish tomon uchirildi. Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasi qo'shimcha raketa uchiririshlarga tayyor ekanliklarini hamda AQSh va Yaponiya bilan ma'lumot almashishayotganini ma'lum qildi.

    Seul ma'lumotlariga ko'ra, parvoz masofasi taxminan 400 kilometr, deb xabar beradi report.az.

    Yaponiya hukumati ikki ballistik raketa uchirilgani haqida xabar berdi.