Raketa 14-yanvar kuni muvaffaqiyatli tarzda uchirildi. Ta'kidlanishicha, o'rta uzoqlikdagi masofaga uchuvchi, qattiq yonilg'ida ishlaydigan raketa manyovrli boshqariladigan kallak bilan qurollangan. Shimoliy Koreya rasmiylarining qo'shimcha qilishicha, sinovlar qo'shni davlatlar xavfsizligiga ta'sir qilmagan.

Shimoliy Koreyaning joriy yildagi birinchi raketasi uchirilgani 14-yanvar kuni ertalab ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.

“Shimol Yapon dengizi tomon noma'lum ballistik raketani uchirdi (Janubiy Koreya xaritalarida u Sharqiy dengiz sifatida ko'rsatilgan)”, deyiladi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi bayonotida.