Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi KXDR mudofaa vazirligi rahbari o'rinbosari Kim Gan Irga asoslanib xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Pxenyan bu qadamlarni vaqtincha to'xtatadi, chunki bu faqat javob chorasi. Shu bilan birga, u Janubiy Koreya tomonidan yana targ'ibot varaqalari tarqatilsa, KXDR chiqindilarni havo sharlari orqali jo'natishni qaytadan boshlashi haqida ogohlantirdi.
Avvalroq KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon bu harakatni “KXDR xalqining o'z pozitsiyasini bildirish huquqi”ning ko'rinishi deb atagan va janubiy koreyalik faollar tomonidan varaqalar tarqatilishiga o'n martalab javob qaytarishga va'da bergan edi.
Koreya Respublikasi hukumati “provokatsiyalar davom etsa, chidash qiyin bo'ladigan choralarni ko'rishga” va'da berdi. Xususan, bunda chegara hududlaridagi KXDR armiyasi va aholisiga psixologik ta'sir ko'rsatish chorasi sifatida ovoz kuchaytirgichlardan foydalangan holda tashviqot ko'rsatuvlarini qayta tiklash haqida gap ketayotgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.