Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga 350 ga yaqin chiqindi sharlari uchirdi

    Koreya Respublikasida seshanbaga o'tar kechasi Shimoliy Koreyadan uchirilgan 350 ga yaqin chiqindi sharlari topildi.

    Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Mahalliy vaqt bilan soat 09:00 ga kelib havoda havo sharlari yo'q edi. Ularning 100 ga yaqini Seul va shimoliy Kyongido viloyatining shimoliy qismiga tushib ketgan. Ularda zaharli moddalar yo'q, degan xulosaga keldi mutaxassislar. Janubiy Koreya harbiylari istalgan vaqtda chegarada ovoz kuchaytirgichlarni ishga tushirishga tayyorligini bildirdi.

    Qayd etilishicha, bu o'tgan oy oxiridan buyon beshinchi shunday aksiya hisoblanadi. Seul ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreya 28-maydan buyon 2000 ga yaqin havo sharlarini uchirdi. Pxenyan o'z hududlariga tashviqot varaqalari tashlab qo'yilishini javobsiz qoldirmasliklari haqida ogohlantirdi. Janubiy koreyalik faollar 20-iyun kuni KXDRga varaqalar solingan sharlarni jo'natdi. Ertasi kuni KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon xalq respublikasi o'z so'zida turish niyatida ekanligini va javob choralarini ko'rishini aytdi, deb xabar beradi tass.ru.