Ta'kidlanganidek, Amerikaning “Karl Vinson” yadroviy samolyot tashuvchi kemasi, ko'p funksiyali “Aegis” jangovar tizimiga ega “Prinston” kreyseri, Yaponiya “o'zini-o'zi mudofaa qilish kuchlari” va Koreya Respublikasi harbiy-dengiz kuchlarining kemalari 15 yanvardan buyon Chechju oroli yaqinida qo'shma harbiy-dengiz mashqlarini o'tkazmoqda.

“Mashqlar xavfsizligimizga jiddiy tahdid soldi. Bunga javoban KXDR Milliy mudofaa akademiyasi qoshidagi Suv osti qurollari tizimlari instituti ishlab chiqilayotgan “Xeil-5-23” suv osti yadro quroli tizimini Yapon dengizida sinovdan o'tkazdi”, deyiladi bayonotda.

Shimoliy Koreya harbiylari “AQSh va uni qo'llab-quvvatlayotgan davlatlarning ehtiyotsiz harakatini” qoralab, buning halokatli oqibatlaridan ogohlantirdi, deb xabar beradi ria.ru.