Qayd etilishicha, raketaning birinchi bosqichi KXDR sharqiy qirg'oqlaridan 10 kilometr uzoqlikda, ikkinchisi 335 kilometr masofada dengizga borib tushgan. Shimoliy Koreya rasmiylari yangi raketa davlat strategik qurolli kuchlarining asosiy vositasiga aylanishiga umid qilmoqda.
Yonhap agentligining xabariga ko'ra, KXDR qattiq yonilg'i va uchirish texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida katta ehtimol bilan tez orada raketaning qo'shimcha sinovlarini o'tkazadi, deyiladi mir24.tv saytida.