Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Janubiy Koreya harbiylari hozirda raketaning batafsil tavsifi va uning parvoz masofasiga aniqlik kiritmoqda.

    Agentlikning eslatishicha, Shimoliy Koreya oxirgi marta 1-iyul kuni ballistik raketa uchirgan, deb xabar beradi report.az.