Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi

    Shimoliy Koreya sharqiy sohilidan bir nechta qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo'mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Raketalar 09:00 atrofida uchirildi, ular Vonsana shimoli-sharqidan topildi. Ularning soni aniqlanmagan. Janubiy Koreya tomoni AQSh bilan hamkorlikda ish olib borayotgan chog'da hushyorlikni kuchaytirayotganini va KXDR harakatlarini kuzatib borayotganini qayd etdi.

    Bu Shimoliy Koreyaning yil boshidan buyon beshinchi bor qanotli raketani uchirilishidir, deb xabar beradi tass.ru.