Shimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti halokatga uchradi

    Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti Shimoliy Osetiya tog'larida halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

    “Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasida, tog'li hududda, Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti rejalashtirilgan o'quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Samolyot kimsasiz hududga qulab tushgan. Yer yuzida hech qanday talafot yo'q. Ekipaj halok bo'ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

    Samolyot halokatining dastlabki sababi texnik nosozlikdir, deb xabar beradi tass.ru.

    Aerokosmik kuchlar komissiyasi samolyot halokatga uchragan joyga uchib ketdi”, deya qo'shimcha qildi Mudofaa vazirligi.

    Respublika operativ xizmatlarining ma'lum qilishicha, bortda ikki nafar ekipaj a'zosi bo'lgan, samolyot Alagir tumani tog'lariga qulab tushgan.