Uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama etildi. Shuningdek, yigʻilishda Islom Jasimov Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati va vazifalari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

Yusupjan Mamat samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.