Unda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Sirojiddin Sayyid , sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim sohasi vakillari, ijodkorlar, oʻquvchi yoshlar ishtirok yetdilar.
Marosimni viloyat rahbari ochib berdi va buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr bildirdi.
– Soʻz mulkining sultoni, buyuk shoir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy asarlari, ijodi, mazmunli hayoti nafaqat xalqimizga, balki, butun dunyoga ibrat boʻlib qolaveradi, – dedi hokim Gʻ.Mirzayev. – Uning, Odamiy ersang demagil odami, Oniki, yoʻq xalq gʻamidin gʻami, deya yozib qoldirgan merosi muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga atab yozilgandek. Mutafakkir bobomizning haykali ayni shu yerga oʻrnatilishi navqiron Shirin shahri hamda hududdagi “Farhod” GESi shoirning mashhur “Farhod va Shirin” dostoniga hamohang boʻlib, bularning barchasi bir joyda gavdalangandek, goʻyo.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq shahar markazida oʻrnatilgan mazkur yodgorlikning balandligi 4,3 metr boʻlib, unga tutash hududda Yenergetiklar muzeyi, Vatanparvar maydoni, Yoshlar hiyoboni joylashgan. Bu yerda, shuningdek, ikkita ixcham kutubxona ham qurib bitkazilgan. Kutubxonalarda mingdan ziyod kitoblar jamlanmasi mavjud.
Yodgorlikning ikki yon tomonida 3×2 metr oʻlchamdagi ikkita monitor oʻrnatilgan. Ularda Navoiy hayoti va ijodiga oid tarixiy maʼlumotlar, videofilmlar namoyish qilib boriladi.
Bugungi kunda Shirin shahrida jami 4 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 1 ta Bolalar-musiqa va sanʼat hamda 1 ta Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi faoliyat yuritib kelmoqda. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil yetish borasida turli xil fan, amaliy hamda sport toʻgaraklari yoʻlga qoʻyilgan. Yaratigan sharoitlar, berilgan keng imkoniyatlar natijasida shaharlik koʻplab yosh sportchilar nufuzli musobaqalarda faxrli oʻrinlarni, oʻquvchi yoshlar yesa fan olimpiadalarida munosib ishtirok yetishmoqda.
Tadbir asnosida Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida shahrdagi mavjud taʼlim muassasalariga 2 ming dona kitoblar jamlanmasi, besh turdagi 80 ta musiqiy asboblar hamda uch turdagi 100 dan ortiq sport jihozlari va anjomlari topshirildi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.