Xotira buyuk, qadr muqaddas. Ajdodlar xotirasini yod etish, Vatanimiz ozodligi, himoyasi yoʻlida jon fido etgan ota-bobolarimizni ruhini shod aylash, qatorimizda umr kechirayotgan keksalarimizni, faxriylarimizni qadrlash xalqimizga xos boʻlgan muqaddas qadriyatdir.
Sharaf lentalarini taqish bilan boshlangan “Xotira bor ekan, millat barhayot”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik – insoniy burch” shiorlari ostida bayram tadbirida Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.
Oʻtganlar xotirasi yod etilib bir daqiqa sukut saqlandi.
Yoshlar, nuroniylar, mahalla faollari, mehnat faxriylari ishtirok etgan tantanali marosimda Ikkinchi jahon urushida koʻksini qalqon qilgan harbiylar xotirasi abadiy ekanligi, tinchlik, farovonlikda yashayotganligidan barcha vatandoshlar shukronalikda yashashi lozimligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida shahar madaniyat boʻlimi hamda harbiy qism tomonidan ikkinchi jahon urushi yillari aks etgan taʼsirli badiiy sahna koʻrinishlari namoyish etildi, deb xabar beradi Shirin shahar hokimligi matbuot xizmati.

Energetikalar shahrida bayram tadbirlari davom etadi.