Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, vazirlik huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining majburiy badal va kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanishga oid 2020-yildagi faoliyati oʻrganishlari yakuniga koʻra, 465 ta holatda 7,4 mlrd soʻmlik mablagʻ maqsadsiz sarflanganligi aniqlanib, shulardan 9 ta holatda noqonuniy ravishda sarflangan 837,7 mln soʻmlik mablagʻlar aybdor shaxslardan shirkatlar foydasiga qaytarilgan.
16 ta holatda 282,4 mln soʻm ish hajmiga qoʻshib yozilganligiga oid muammolar joyida bartaraf etilgan. 136 ta holatda 5,6 mlrd soʻmlik mablagʻlarni talon-toroj qilganligiga oid toʻplangan hujjatlar chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.