Shixeszi shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 12 Iyul 2023 1150

    Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Sharof Raxmanov Shixeszi (XXR) shahar partiya qoʻmitasi kotibi, Shixeszi shahar Xalq kongressi Doimiy komissiyasi direktori janob E Xongda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Uchrashuv avvalida Sh.Raxmanov soʻnggi yillarda poytaxtimizda amalga oshirilgan islohotlar va yangilanishlar haqida qisqacha maʼlumot berib, shahar hokimligi mehmonlar bilan hamkorlikda ish olib borishga, barcha masalalarda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, mehmonlarga mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit haqida gapirib, xizmat koʻrsatish, sanoat, biznes, ijtimoiy rivojlanish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini aytib oʻtdi.

    Shu bilan birga, mehmonlarga amalga oshirilishi kutilayotgan yirik istiqbolli sarmoyaviy loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

    E Xongda samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Shixeszi shahri haqida qisqacha gapirib berdi, delegatsiya tarkibidagi kompaniyalar, ularning faoliyat sohasi haqida maʼlumot berdi, poytaxtimiz bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va shahrimiz iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

    Hokim oʻrinbosari shahar hokimligi xitoylik tadbirkorlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.