Sh.Noriyevaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini berish to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini yangi bosqichga ko‘tarishda o‘zining vatanparvarlik, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib, ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, xususan, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik va gulchilik tarmoqlarini ilg‘or tajriba va innovatsion usullar asosida rivojlantirish, hududda tomorqachilikni keng targ‘ib qilish, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy masalalarni yechishda alohida faollik ko‘rsatayotgani, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mehnatsevar va shijoatli insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi «Gulchi opa tomorqa xizmati» klasteri rahbari Noriyeva Sharofat Ergashevnaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni berilsin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev