Yorqin isteʼdod va yuksak qalb sohibi Shodmon Sulaymon – nafaqat shoir, balki maʼnaviyat parvarchisi, adabiyotning ardoqli rahnamosidir. U Buxoro yozuvchilar uyushmasi raisi, “Buxoronoma” gazetasi bosh muharriri sifatida yurtning maʼnaviy hayotini boyitishda katta mehnat qilayotir.
Yubiley tantanasida 30 dan ortiq asar taqdim etildi. Bu kecha kitob va sheʼriyat maydoniga aylandi. Uning bagʻri shunchalar kengki, hatto ayrim mualliflar oʻz kitoblari nashr etilganidan ham bexabar edilar. Ular bu qutlugʻ tantanada yangi asarlari dunyo yuzini koʻrganini ilk bor eshitdilar.
Bu holatning oʻziyoq shoirning insoniy qiyofasi va qalb kengligini koʻrsatadi: u oʻz yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga oshiqmaydi, balki atrofidagilarga imkoniyat va qanot berishni oʻz hayotining mazmuniga aylantirgan.
Yubileyda shoir samimiyat bilan:
«Yarim asrlik umrimning maʼnosi – elimga bagʻishlangan mehrimdir. Qalbimda asrab kelgan tuygʻularim – Vatanga tuhfadir», dedi.
Shodmon Sulaymonni yuksak ehtirom va cheksiz minnatdorlik bilan tabriklaymiz! Uning qalami hanuz ilhomdan toʻymasin, yurtimiz maʼnaviyati yanada yuksak choʻqqilarga koʻtarilaversin!
Muborak boʻlsin, ardoqli shoir!
Hamkorlik materiali









