Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yangilik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshdi.
Qirgʻiz Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini koʻrib chiqilgan edi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Fargʻona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda koʻzdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlari tahlil qilindi.
Yakunda esa 2024-yilning 26-iyulidan boshlab Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Fargʻona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga oʻtkazildi.