Qayd etilishicha, Fargʻona tumanidagi “Vodil-Qadamjoy”, “Oqqiya-Akkiya” (Shohimardon), Soʻx tumanidagi “Chashma-Chechme” nazorat-oʻtkazish maskanlari 2025-yil 18-iyundan boshlab 24 soatlik (kechayu-kunduz) ishlash tartibiga oʻtadi.
Ushbu chora-tadbirlar fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.