Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar davlat xizmatini olish uchun 54 km masofa bosib oʻtishga majbur boʻlishgan.

Masalan,mana shu uzoq yoʻl qiyinchiliklari mobaynida oddiy fuqaro bir kunda 4 ta, borish va kelishni xisobga olganda jami 8 ta bojxona chegara postidan oʻtishga majbur edi. Xullas birgina davlat xizmatidan foydalanish uchun vaqt, mablagʻ sarflab tuman markaziga kelingan.

Eʼtiborli jihati shundaki, DXM larida koʻrsatiladigan 170 dan ortiq xizmatlardan mahaliy aholi vakillari filialga kelib bemalol foydalanishlari mumkin boʻldi.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida Davlat xizmatlari markazlarining 12 ta filiallari faoliyat yuritayotgan boʻlsa, ushbu filialning boshqa filiallardan farqli tomoni filialda dam olish kunlaridan tashqari har kuni ish qizgʻin.

Filial ochilishining birinchi kuniyoq fuqarolarga 30dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.