Shohjahon Ergashev 27-iyul kuni AQSHda ringga koʻtariladi

    Professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang tafsilotlari maʼlum boʻldi.

    Unga koʻra, charm qoʻlqop ustamiz 27-iyul kuni AQSHning Michigan shtati Detroyt shahrida amerikalik Xulian Smitga qarshi ringga koʻtariladi.

    Maʼlumot uchun, Smit prof ringda 10 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan (5 KO). Hisobida 2 ta magʻlubiyat bor.

    Shohjahon Ergashev esa 25 ta jangining 24 tasida gʻalabaga erishgan (21 KO), 1 ta jangda chempionga imkoniyatni boy bergan.