“Shu kunlarda AQSHga uchib ketishim kerak. Boisi, kecha promouterim Dmitriy Salita qoʻngʻiroq qilib, 28-mart kuniga jang taklifini berdi. Men qabul qildim. Yana kamar uchun majburiy daʼvogarlik maqomidagi jang boʻladi. Keyin esa revanshga harakat qilaman. Bitta yaxshi jang oʻtkazmasak boʻlmaydi. Shu maqsadda AQSHga ketish uchun harakat boshlandi. 28-mart, Amerika!”, - dedi Ergashev.

Eslatib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev 2023-yil 26-noyabr kuni AQSHda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, muddatidan oldin magʻlubiyatga uchragan edi. Bu uning faoliyatidagi yagona magʻlubiyat boʻlib turibdi.