"Uzoq vaqt uyda boʻlmadim. Otam meni uyga kelishimni soʻradi. Otam bilan juda ham koʻp suhbatlashdik. Oz boʻlsa ham boʻlib oʻtgan yoʻllarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni soʻradi.
Hamma narsaning boshi va oxiri boʻlganiday sport ham abadiy emas. Meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman! Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda boʻlsam, faqatgina oʻzim uchun ringda boʻlaman. Oʻzimni yangi sohada sinab koʻraman. Ammo, bu sport sohasi emas. Barchaga omad", - yozadi Shohjahon Ergashev.