Shohjahon Ergashev navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Sport 17 Noyabr 2020 1154

    Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi «Vegas City Hall» arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyulaga qarshi ringga ko'tarildi. 

    Ushbu jang ikkinchi raundda o‘z yakuniga yetdi. Belaruslik Dmitriy Milyusha uchinchi raundda jangga chiqa olmadi. Sababi, u ikkinchi raundda qovurg‘a qismidan kuchli zarba o‘tkazib yubordi va jarohat oldi. Shu tariqa hamyurtimiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

    Ma‘lumot uchun, Shohjahon professional boksda hali biror marta mag'lub bo'lmagan.