Shohjahon Ergashev yana mag'lubiyatga uchradi

    Sport 28 Iyul 2024 206

    AQSHning Michigan shtatida superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da'vogar hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ringga ko'tarildi.

    Amerikalik Julian Smitga qarshi jang to'liq 10 raund davom etdi.

    Afsuski, unda hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobida Julian Smit g'alaba qozondi, deb topildi. ergashev jang davomida nokdaun holatiga ham tushgan.

    Bugungi chiqish orqali Smit prof boksdagi 11-jangida 9-g'alabasini qo'lga kiritgan bo'lsa, ergashev faoliyatidagi 26-jangida 2-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.