Avvalroq oʻsha kuni Ergashevga Burkina-Faso vakili Issuf Kindaga qarshi jang qilishi aytilgandi. Biroq, ushbu jang uchun bokschimizning raqibi oʻzgardi.

“Salita Promotions” kompaniyasining maʼlum qilishicha, bokschimiz oʻsha kuni argentinalik Luis Alberto Veronga (19-3-2, 9KO) qarshi ringga koʻtariladi.

Jang AQSHning Michigan shtatidagi Dirborn shahrida oʻtkaziladi.